Xalq demokratik partiyasining savolnomasi asosida partiyaning tuman Kengashi deputatlik guruhi rahbari Mansurxon Xayrulloyev, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Navroʻzov hamda ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda tumandagi 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻrganish olib bordi.
🔍 Oʻrganish jarayonida muassasa bino va inshootlarining texnik holati, yongʻin va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, bolalarning sifatli taʼlim olishi hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishi, amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar batafsil koʻzdan kechirildi.