Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA — INSON QADRI MEZONI: MAHALLADA EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR VA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O'RGANILDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLASDA XOTIN-QIZLAR MASALASI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA”
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Sanjar Xudoyberdiyev tomonidan “Istiqlol” mahallasi hududida amalga oshirilayotgan gaz ta’minoti tarmog‘idagi ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Xususan, diametri 325/273 mm bo‘lgan o‘rta bosimli yer osti gaz quvurida bir dona zamonaviy filtr qurilmasini o‘rnatish ishlari monitoring qilindi.
Mazkur qurilma orqali tabiiy gaz tarkibidagi mexanik aralashmalarni tozalash, tizimning texnik barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilarga gazni yanada sifatli va uzluksiz yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Deputat tomonidan jarayon bevosita joyida nazorat qilinib, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan texnik talablar asosida amalga oshirilishi muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2