Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda ekspert guruhi a’zosi K.Bektaev tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
📍Dastlab “Jayxun” MFY hududida qurib bitkazilgan bolalar maydonchasi ko‘zdan kechirildi.
✅ O‘rganish natijasida qurilish ishlari belgilangan talablar asosida sifatli bajarilgani qayd etildi. Yangi maydoncha mahalla bolalari uchun zamonaviy va xavfsiz hududga aylandi.
🚶♂️ Keyingi manzilda “Oydin yo‘l” MFY hududida qurilayotgan trotuar qurilishi o‘rganildi.
🔍 Jarayon davomida ekspert tomonidan qurilish sifati va xavfsizlik talablari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda ishlar doimiy nazoratda olib borilishi ta’kidlandi.
🏫 Shuningdek, “Oydin yo‘l” MFYda yangidan qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurilishi ham o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida qurilish sifati, muddatlarga rioya qilinishi va loyihaning belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
⚡️ Hududlarda amalga oshirilayotgan bunday amaliy nazorat ishlari qurilish sifati va aholi uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.