Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY MUHIT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA QONUN IJROSI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI XAVFSIZLIK UCHUN ELEKTR USTUNINI KO‘CHIRISH MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
15-may – Xalqaro oila kuni bilan aziz yurtdoshlarimizni chin yurakdan muborakbod etamiz!
янв.21
BOG‘OT TUMANI BUDJET MABLAG‘LARI: QO‘SHIMCHA MANBALAR HISOBIDAN MUHIM YO‘NALISHLAR BELGILANDI
янв.21
QORABOG‘ MAHALLASIDA ICHIMLIK SUV QUVURI MUAMMOSI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI AMALIY YECHIMINI TOPDI
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarga asosan Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati yuzasidan o`rganish olib borildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarga asosan Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati yuzasidan o`rganish olib borildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash deputati U.Fayziyeva, kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixov, XDP Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidov Qishqiriq MFY raisi B.Yunusov, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchilari ishtrokida “Obod mahalla” dasturi doirasida Qichqiriq MFY hududida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalladagi mavjud muammo va takliflar bilan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘p qavatli uylar atrofini tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputat mahalla fuqarolari bilan muloqot qilib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Aholi tomonidan elektr ta’minoti, ichimlik suvi, yo‘llar holati, chiqindi olib chiqish tizimi hamda ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganish olib borish va amaliy yechim topish bo‘yicha kelishib olindi.

Deputat tomonidan “Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar mahalla qiyofasini yanada yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish hamda fuqarolar roziligini ta’minlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 5