Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY MUHIT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA QONUN IJROSI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI XAVFSIZLIK UCHUN ELEKTR USTUNINI KO‘CHIRISH MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
15-may – Xalqaro oila kuni bilan aziz yurtdoshlarimizni chin yurakdan muborakbod etamiz!
янв.21
BOG‘OT TUMANI BUDJET MABLAG‘LARI: QO‘SHIMCHA MANBALAR HISOBIDAN MUHIM YO‘NALISHLAR BELGILANDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI AMALIY YECHIMINI TOPDI
янв.21
QORABOG‘ MAHALLASIDA ICHIMLIK SUV QUVURI MUAMMOSI IJOBIY HAL ETILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari A. Amanlikov va Z. Alimovlar “Do‘stlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Xoliqnazarov Bobobek xonadonida bo‘lib, oilaning yashash sharoiti hamda holidan xabar oldi.

Suhbat davomida Bobobek Xoliqnazarov uzoq yillar davomida ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul xizmati tizimida samarali faoliyat yuritgani, xususan 30 yil davomida sohada sidqidildan xizmat qilgani alohida e’tirof etildi. Hozirgi kunda u kishi nafaqada bo‘lib, mahalla hayotida faol ishtirok etib kelmoqda.

Uchrashuv davomida fuqarolarning turmush sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, yurt tinchligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylarning hayotiy tajribasi yosh avlod uchun ibrat ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 4