Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
19-may — Xalqaro shifokorlar kuni
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DOLZARB VAZIFA
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
AYOLLAR MANFAATI, BANDLIGI VA IJTIMOIY FAOLLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY MUHIT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
“ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ishlari o‘rganildi

“ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ishlari o‘rganildi

Joriy yilning 14-may kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy shahar “Adolat” SDP guruhi a’zosi Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirovlar tomonidan “ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” kompaniyasiga qarashli avtoklavli gazobeton ishlab chiqarish zavodida amalga oshirilayotgan qurilish va modernizatsiya ishlari o‘rganildi.

Tashrif davomida korxonada qo‘shimcha ishlab chiqarish liniyasini o‘rnatish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha korxona faoliyatini kengaytirish, mahsulot hajmi va sifatini yanada oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, kompaniya ta’sischisi tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va qo‘shimcha qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Xitoyning ANHUI KEDA INDUSTRIAL CO., LTD. kompaniyasi tomonidan uskuna va jihozlar yetkazib berilgunga qadar loyiha doirasidagi qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Tashrif jarayonida qisqa muddatlarda mavjud laboratoriya binosini ko‘chirish va zamonaviy laboratoriya tashkil etish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda barcha ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qayd etilganidek, korxonada amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari sanoat salohiyatini oshirish, qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish hamda hudud iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8