Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
19-may — Xalqaro shifokorlar kuni
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DOLZARB VAZIFA
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
AYOLLAR MANFAATI, BANDLIGI VA IJTIMOIY FAOLLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY MUHIT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
AHOLI MANFAATI YO‘LIDA HAMKORLIKDAGI QABUL

 AHOLI MANFAATI YO‘LIDA HAMKORLIKDAGI QABUL 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirov, tuman Kengashi
deputati M.Sayfidinov, tuman prokurori S.Aminjonov hamda “MADAD” NNT tuman
vakili X.Qodirovlar birgalikda aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni
qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish va ularning huquq hamda qonuniy
manfaatlarini ta’minlash maqsadida fuqarolar qabulini o‘tkazdilar. 

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar,
yer va mulk munosabatlari, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirish va
amaliy tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, yechimi vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga
tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ijrosini nazoratga olish belgilandi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan esa mas’ul idoralar bilan hamkorlikda joyiga
chiqqan holda o‘rganish ishlarini tashkil etishga kelishib olindi.  

Slide 1 of 3