Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
19-may — Xalqaro shifokorlar kuni
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DOLZARB VAZIFA
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
AYOLLAR MANFAATI, BANDLIGI VA IJTIMOIY FAOLLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY MUHIT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Deputat tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlashda tomorqadan samarali foydalanish holati o’rganildi.

5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva xonadonlarda mavjud yer maydonlaridan unumli foydalanish, sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish, xususan, pamidor va kartoshka ekish hamda parvarishlash ishlari izchil yo’lga qo’yilganligi alohida e’tiborga olindi. Ayrim xonadonlarda issiqxona tashkil etish orqali yil davomida hosil olish imkoniyatlari yaratilayotgani qayd etildi. Bu esa nafaqat oila ehtiyojini qondirish, balki ortiqcha mahsulotni bozorga chiqarib, qo’shimcha daromad topishga xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, xotin-qizlarning mehnatga jalb etilishi, ularning dehqonchilik va kichik tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishi, tashabbuskorligi yuqori baholandi. Shu bilan birga, ayrim xonadonlarda tomorqadan foydalanish imkoniyatlari to’liq ishga solinmaganligi qayd etilib, bu borada amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularga agrotexnik maslahatlar berish, urug’lik va moddiy resurslar bilan ta’minlash, imtiyoz va subsidiyalardan samarali foydalanish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur o’rganish natijasida tomorqadan oqilona foydalanish, jumladan, pamidor va kartoshka yetishtirishni kengaytirish orqali aholi bandligini ta’minlash, oilalar farovonligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

  

Slide 1 of 1