Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOG‘OT TUMANI BUDJET MABLAG‘LARI: QO‘SHIMCHA MANBALAR HISOBIDAN MUHIM YO‘NALISHLAR BELGILANDI
янв.21
QORABOG‘ MAHALLASIDA ICHIMLIK SUV QUVURI MUAMMOSI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI AMALIY YECHIMINI TOPDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI VA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA IJTIMOIY FAOLLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI VA MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
YOSHLARNI GIYOHVANDLIKDAN ASRASH — BARCHAMIZNING DOLZARB VAZIFAMIZ
янв.21
MAHALLADAGI ELEKTR TA’MINOTI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
KENGASH TOMONIDAN BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLANI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A.Ermatov saylov okrugidagi Qirguli MFY hududida o‘rganish ishlarini olib bordi.

  Unda mahalladagi dolzarb infratuzilma masalalari va aholini qiynab kelayotgan muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Xususan, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining bugungi holati, ularni ta’mirlash va obodonlashtirish zarurati yuzasidan tahlillar olib borildi.
Shuningdek, ko‘chalarni tungi vaqtda yoritish masalasi ham o‘rganildi. Hududdagi ayrim ichki yo‘llarda yoritish tizimi yetarli emasligi sababli, xavfsizlikni ta’minlash va fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi.
O‘rganishlar davomida avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, ayniqsa, qatnov gavjum hududlarda yuzaga kelayotgan muammolar ham muhokama qilindi.
Mazkur o‘rganishlar hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun yanada qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3