Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BOGʻOT TUMANIDA “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
“YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — KELAJAKKA MUHIM QADAM”

“YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — KELAJAKKA MUHIM QADAM”

Navoiy davlat universitetida talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo hamda takliflarini tinglash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov, Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Laziz Qayumov hamda Milliy bankning Navoiy filiali rahbari Ziyodulla Adizov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifati, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar oldi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning tashabbuslari va innovatsion g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanishi, ular bilan doimiy muloqot olib borish muhim ekani ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Slide 1 of 7