Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
AHOLI MUROJAATLARIGA E’TIBOR

 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 6-Begmurod saylov okrugidan deputat Dilmurodjon Abdurazaqov “Chorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “mahalla yettiligi” ish faoliyati hamda aholi murojaatlarini o‘rgandi. 

O‘rganuvda asosiy diqqat-e’tibor: yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar va aholi bandligi, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar, ijtimoiy ehtiyojmandlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holatlariga qaratildi. Shuningdek xonadonlar ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, elektr energiyasi, suyultirilgan gaz yetkazib berilishi bilan bog‘liq masalalar hamda mahalla ichki yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llarining qatnov xavfsizligi masalalari deputat e’tiborida bo‘ldi. 

Aholi murojaatlari o‘rganilganda: hududda joylashgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Andijon-Qo‘qon A-373 avtomobil yo‘li yoqasida joylashgani, bu esa, o‘qituvchi-o‘quvchilar va fuqorolar uchun noqulay ob-havo sharoitida va turli avtomobillar piyodalar yo‘lagiga tartibsiz qo‘yilishi oqibatida piyodalar harakatlanishi uchun qiyinchiliklar tug‘dirayotgani aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Avtomobil yo‘li chetidagi piyodalar yo‘lagini maxsus to‘siq bilan ajratilib, asfalt yotqizish bo‘yicha aholi vakillari amaliy yordam so‘raganlar. 

Deputat tomonidan “mahalla yettiligi” xodimlariga faoliyatidagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Aholi murojaati yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputat so‘rovlari yuboriladi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1