Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI

Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

Yig'ilishda doimiy komissiya a'zolari, tegishli mas'ullar, OAV vakillari ishtirok etdi. Yig'ilishga doimiy komissiya raisi Korakkulov Ravshan raislik qildi va kun tartibidagi masalalar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi.

1. Muzrabot tumani bo‘yicha 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-oktabrga qadar sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. Tuman suv yetkazib berish hizmati rahbari A.Amonturdiyevning suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risidagi hisoboti.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki “Manzilli ro‘yxati”ni tasdiqlash to‘g‘risida.

Kun tartibidagi har bir masalalar bo‘yicha ma’sul rahbarlarning axborot va hisobotlari dastlabki tarzda komissiya a’zolari tomonidan diqqat bilan tinglanib, muhokamasi o‘tkazildi.

Mazkur masalalar bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar tinglanib, doimiy komissiya a’zolarining takliflarini inobatga olib, xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori loyihasi tasdiqlandi va navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilandi.

Slide 1 of 5