Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati Omonov Umar Shaxdarovich tomonidan Aliobod mahallasida joylashgan 67-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

#24_ta_masala 

#Deputatlar_faoliyati 

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati Omonov Umar Shaxdarovich tomonidan Aliobod mahallasida joylashgan 67-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Aniqlanishicha, mazkur maktab hududida qo‘shimcha bino qurish maqsadida 3 milliard 780 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda qurilish ishlari boshlangan. Qurilish ishlarini yakunlash muddati joriy yilning 1-sentabr sanasi etib belgilangan.

Hozirgi kunda maktabning o‘quvchi sig‘imi 2 koeffitsiyentni tashkil etmoqda. Qurilish ishlari yakunlangach, ushbu ko‘rsatkichni 1,1 koeffitsiyentga tushirish rejalashtirilgan.

Qurilish ishlari “Fayz zamin qurilish” MCHJ xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. O‘rganish davomida qurilish sifatiga, belgilangan muddatlarga amal qilinishiga hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 3