Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
Payariq tumanida 2026-yilning I choragi davomida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Kengash qarori qabul qilindi

#Sessiya_qarori

✍️Payariq tumanida 2026-yilning I choragi davomida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Kengash qarori qabul qilindi

🔼Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 30-aprel VII-26-55-7-100-K/26 (https://kengash.gov.uz/doc/275058)-sonli qarori bilan Payariq tumanida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holatini kuchaytirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

📈Mazkur qaror bilan tegishli masullarga quyidagi vazifalar yuklatildi.

-tumandagi mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalar sonini qisqartirish maqsadida manzilli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish va ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish; 

-oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sodir etilgan 17 ta mahallada jinoyatchilik sabab va sharoitlari chuqur tahlil qilinib, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;

-fuqarolarning mol-mulkiga beparvoligi oqibatida sodir etilayotgan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari kuchaytirish, uy-joy va savdo obyektlarini qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash choralarini ko‘rish; 

-kiberjinoyatlar keskin oshganligini inobatga olib, aholining raqamli savodxonligini oshirish, internet firibgarligi va bank karta bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borish hamda profilaktik monitoring kuchaytirish;

-yo‘l-transport hodisalari, ayniqsa o‘lim bilan bog‘liq holatlarning oldini olish maqsadida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha texnik va tashkiliy choralar ko‘rish, xavfli hududlarda nazoratni kuchaytirish; 

-giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarning ortib borayotganligini inobatga olib, noqonuniy muomalaga qarshi tezkor-profilaktik tadbirlarini davom ettirish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish ishlarini kuchaytirish. 

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 1