Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashidagi O’zXDP deputatlik guruhining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Bugun Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashidagi O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhining navbatdagi yig’ilishi o’tkazildi. Tadbirda deputatlik guruhi a’zolari ShMusayeva, M.Jumayeva, R.Safarovlar, partiya faollari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi asosiy masalalar:

Yig’ilishda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig’ilish davomida deputatlar tomonidan aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarga manzilli yordam ko’rsatish sifati tanqidiy tahlil qilindi. Ayrim hududlardagi ichimlik suvi va ichki yo’llar holati bo’yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so’rovlari yuborish yuzasidan kelishib olindi.

Tadbir yakunida ko’rilgan masalalar yuzasidan deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi. Kelgusi chorakda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar, jumladan, chekka qishloq va mahallalarda sayyor qabullar tashkil qilish choralari ko’rildi.
 

Slide 1 of 1