Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Obloqul Isanovga S.Ayniy mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushgan edi.

💬 Murojaatda mahallaning “Oydin yo‘l” ko‘chasiga o‘rnatilgan transformator atrofida himoya to‘siqlari (o‘rash ishlari) amalga oshirilmagan. Shuningdek, transformator yoniga o‘rnatilgan beton ustun noto‘g‘ri joylashtirilgan bo‘lib, hozirda qulash arafasida turibdi va bu holat fuqarolar xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Bundan tashqari, “Yangibo‘ston” ko‘chasida (39-uy oldida) yangi o‘rnatilgan transformator atrofi ham o‘ralmaganligi sababli ochiq va xavfli hudud yuzaga kelgani ta’kidlangan.

📄 Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan Boyovut tumani Elektr ta’minoti korxonasiga deputat so‘rovi yuborildi (https://t.me/BoyovutKengashiYangiliklari/4118) hamda muammo nazoratga olindi.

🤝 Ko‘rilgan choralar natijasida mas’ul tashkilot tomonidan hududda zarur ishlar amalga oshirilib, transformatorlar atrofi to‘liq o‘rab chiqildi hamda fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratildi.

Ushbu holat deputatlik nazorati asosida fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va ijobiy hal etilayotganining yana bir amaliy tasdig‘i bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3