Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAMUNA MAHALLASIDA SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI VA YUKLATILGAN VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
NAYMAN MAHALLASDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
BERUNIY MAHALLASIDA JINOYATCHILIKNING BARVAQT OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
TUMANDAGI TASHKILOTLAR BILAN DOIMIY KOMISSIYA A'ZOLARI HAMKORLIGI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN MAKTABDAGI QURILISH JARAYONlLARI OʻRGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN MUSIQA VA SANʼAT MAKTABIDA OʻRGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
GʻALABA MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI OʻRGANILDI.
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALASI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
BERUNIY MAHALLASIDA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI.
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya va manzilli ko‘mak — deputat nazoratida

 Ijtimoiy himoya va manzilli ko‘mak — deputat
nazoratida
 

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamini
qo‘llab-quvvatlagan holda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish
doimiy e’tiborimizda.
 

 24-Ko‘lota
saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati (“Adolat”
SDP guruhi a’zosi) B.Rahmonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
G.Xudoyqulova tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati va aholiga
ko‘rsatilayotgan yordamlar holati o‘rganildi.
 

 O‘rganish
davomida hududdagi ijtimoiy manzara tahlil qilindi:
 

Hisobdagi oilalar: Mahallada 20 ta kam ta’minlangan
oila hamda 70 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud;
 

Davlat nafaqalari: 18 ta kam ta’minlangan oilaga
bolalar nafaqasi tayinlanib, muntazam to‘lab borilmoqda;
 

Vaucher tizimi: 6 nafar ehtiyojmand oilaga
kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun maxsus vaucherlar
ajratilgan.
 

 Homiylik
xayriyalari va saxovat tadbirlari: Deputatlik o‘rganishlari jarayonida
mahalladagi saxovatpesha insonlar va homiylar bilan hamkorlik ishlari ham
ko‘zdan kechirildi. Quvonarlisi, homiylar tomonidan 45 nafar kam ta’minlangan
va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ehtiyojidan kelib chiqib, 200 dollardan 1000
dollargacha miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy yordam ko‘rsatilgan.
 

 Deputat
xulosasi: Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy nafaqalar va moddiy
yordam tayinlash jarayonlari ochiq va shaffof tashkil etilgan. Eng muhimi,
ko‘rsatilayotgan yordamlar o‘z egasiga manzilli yetib bormoqda.
 

“Bizning maqsadimiz — ijtimoiy himoyaga muhtoj har bir
fuqaroga davlat va jamiyat tomonidan berilayotgan e’tiborni to‘laqonli his
qildirishdir. Mahallabay ishlash tizimi orqali bu boradagi ishlar sifatini
yanada oshirib boramiz”, — ta’kidladi deputat B.Rahmonova.
 

Hududlardagi ijtimoiy vaziyatni o‘rganish va
fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
 

Telegram (http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 2