Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
Deputat nazorati

 “Alisher” mahallasidagi
muloqotda muammolar yechimi va aholi roziligi — asosiy mezon bo‘ldi 

 Ohangaron tumanida
aholi manfaatlarini ta’minlash, joylardagi muammolarni bevosita o‘rganish va ularga
tezkor yechim topish maqsadida amaliy uchrashuvlar izchil davom etmoqda. Ana shunday
muloqotlardan biri Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati Feruza Nurmatova
tashabbusi bilan “Alisher” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati mutasaddilari
— Gulruh Erkinova va O‘tkir Abduqodirovlar ham ishtirok etib, mahallaning “ettilik”
tizimi a’zolari bilan yuzma-yuz muloqot olib borildi. Samimiy va ochiq ruhda kechgan
suhbat davomida mahalla aholisining o‘zini-o‘zi boshqarish organi faoliyatiga bo‘lgan
munosabati, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan
ishlar atroflicha muhokama qilindi. 

Muloqot jarayonida, ayniqsa, aholi murojaatlarining o‘z
vaqtida ko‘rib chiqilishi, ularning amalda qanday hal etilayotgani asosiy e’tibor
markazida bo‘ldi. “yettilik” a’zolari tomonidan mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat,
kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlikni kamaytirish va infratuzilmani
yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. 

Deputat Feruza Nurmatova o‘z so‘zida aholi bilan muloqot
qilish, ularning dardini eshitish va muammolarni joyida hal etish deputatlik faoliyatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u kelib tushayotgan
har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini alohida qayd etdi. 

Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish
yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Shu bilan birga, aholi
roziligini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejalashtirildi.  

Slide 1 of 4