Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati deputat e’tiborida. Hududda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini o’z vaqtida aniqlash va hal etish maqsadida xotin-qizlar faolining amalga oshirayotgan ishlari deputat tomonidan o’rganildi.

Hududda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini o’z vaqtida aniqlash va hal etish maqsadida Chilong’u mahalla  xotin-qizlar faolining amalga oshirayotgan ishlarini 10-Chilong’u saylov okrugi deputati M.Bozorov  tomonidan o’rganildi.

O’rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o’rgatish, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko’rsatilayotgan amaliy yordamlar tahlil qilindi. Shuningdek, muammoli xonadonlar bilan manzilli ishlash, yosh qizlarni qo’llab-quvvatlash va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mavjud muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Xotin-qizlar faolining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va natijadorlikni oshirish bo’yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Bu kabi o’rganishlar aholi farovonligini ta’minlash, ayniqsa xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
 

Slide 1 of 1