Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
Deputat faoliyatidan

   

“7-Quyun” saylov okrugi
deputati Mirzavaliev Abbos Shavkatovich joriy yilning 3 aprel kuni Ohangaron tumani
Quyun mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 37-sonli oilaviy poliklinikada
bo‘ldi.
 

  

Tashrif davomida O‘zbekiston
Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi
(2015 yil 26 avgust, O‘RQ-393-son) hamda “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi
(2016 yil 29 avgust) qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan tibbiyot xodimlari o‘rtasida
targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
 

  

Shuningdek, poliklinikada
aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda
muassasaning umumiy faoliyati yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazorati amalga
oshirildi.
 

  

Tibbiyot muassasasi jamoasi
bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, 2026 yilga mo‘ljallangan rejalar, amalga oshirilayotgan
ishlar va tadbirlar muhokama qilindi. Poliklinikada yaratilgan sharoitlar ko‘zdan
kechirilib, sohada olib borilayotgan islohotlar yuzasidan axborot berildi.
 

  

O‘rganishlar davomida ayrim
muammolar ham aniqlandi. Jumladan, binoni favqulodda holatlarda yong‘indan muhofaza
qilish uchun mo‘ljallangan suv havzasini (basseyn) suv bilan to‘ldirishda belgilangan
limitdan ortiqcha sarf holatlari kuzatilayotgani ma’lum bo‘ldi.
 

  

Mazkur muammoni deputat
joyida bartaraf qildi.
  

Slide 1 of 3