Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
AYOLLAR MANFAATI, BANDLIGI VA IJTIMOIY FAOLLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY MUHIT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA QONUN IJROSI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI XAVFSIZLIK UCHUN ELEKTR USTUNINI KO‘CHIRISH MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.

 Toshloq tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Nazarovaning 2026-yil 17-apreldagi deputat so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi. 

Unda ma’lum qilinishicha, fuqarolarning budjet jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan qarorlar asosida Toshloq tumanida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2025-yil tashabbusli budjet jarayonining 2-bosqichi yakunlariga ko‘ra, tumanda umumiy
qiymati 20 milliard 986 million 870 ming 838 so‘mni tashkil etuvchi 14 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Mazkur loyihalarning 13 tasi o‘z vaqtida moliyalashtirilib, belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilgan.  

Hozirgi kunda Toshloq tuman 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi filialiga 6 xonadan iborat 2 qavatli qo‘shimcha o‘quv binosi qurish loyihasida qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.  

Slide 1 of 1