Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
19-may — Xalqaro shifokorlar kuni
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DOLZARB VAZIFA
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
AYOLLAR MANFAATI, BANDLIGI VA IJTIMOIY FAOLLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY MUHIT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
#deputatlik_soʻrovi #deputatlik_faoliyati

📌 "Milliy tiklanish DP" dan saylangan Xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani Kengashi deputati  Aytjanov Paxratdin Yuldashevich tumanimizda yashovchi fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, uy-joy kommunal xizmatlari va infratuzilma masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

🏛Qo‘ng‘irot tumani Ichki ishlar bo'limi boshlig'i P.Iskenderovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat: 

📍 Qo'ng'irot tumani "Gulabat" MFY hududi aholisi bilan uchrashuv o'tkazildi. Mazkur uchrashuv davomida bir qancha murojaatlar kelib tushdi.

Hudud aholisi o'z murojaatlarida "Gulabat" MFY hududida joylashgan "Jipek-joli", "Nokis-2" hamda "Jana dauran" ko'chalari asfalt yo'lga juda yaqin joylashganligi hamda avtotransport vositalarining juda yuqori tezlikda harakatlanishi sababli mazkur ko'chalardan kesib o'tuvchi maktab o'quvchilarining hamda fuqarolarning hayotiga xavf solishi haqida aytib o'tgan.

🟩 Yuqoridagilardan kelib chiqib "Gulabat" MFY hududida joylashgan "Jipek-joli", "Nokis-2" hamda "Jana dauran" ko'chalariga avtotransport vositalarining tezligini kamaytirish maqsadida sun'iy notekislik o'rnatish imkoniyatini ko'rib chiqish hamda yo'l harakati xavfsizligini ta’minlash bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni ko'rishni so'ragan.

❗️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati.