Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA IJTIMOIY FAOLLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
FARMATSEVTIKA FAOLIYATIDA QONUNCHILIK TALABLARIGA RIOYA ETILISHI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI HAMDA YOSHLAR BANDLIGI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA — INSON QADRI MEZONI: MAHALLADA EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR VA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O'RGANILDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati 

Toshkent davlat agrar universitetida viloyat va tuman Kengashi deputatlari, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda faol talaba-yoshlar ishtirokida “Ekologik qonunchilik — mening huquq va burchlarim” mavzusida keng qamrovli davra suhbati tashkil etildi.

Muloqot davomida mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan qonunchilikdagi yangiliklar, xotin-qizlarning ushbu jarayondagi o‘rni va mas’uliyati yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Shuningdek, deputatlar ekologik muammolarni mahalliy darajada hal etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy takliflarini bildirishdi.

Alohida ta’kidlash joizki, mazkur davra suhbati xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni kuchaytirish, ularni ekologik masalalarga befarq bo‘lmaslikka chorlash hamda deputatlar bilan ochiq muloqot platformasini yaratishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 4