Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat so‘roviga amaliy javob berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Memorandum imzolandi.
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘p qavatli uylardagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan “Go‘zalkent” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar davomida uylarda yashovchi aholi bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. 

 Jumladan, ko‘p qavatli uylar yangi qurilgan bo‘lishiga qaramasdan, ayrim uylarning fasad qismi ta’mirtalab holatga kelib qolgani, kanalizatsiya tizimida muammolar mavjudligi, chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmagani sababli atrof-muhitga sochilib yotgani aniqlandi. 

 Shuningdek, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va yoritilishi holati ham ko‘zdan kechirildi. 

 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul boshqaruv kompaniyalari va tegishli tashkilotlarga deputat tomonidan taklif va tavsiyalar berildi. Ushbu masalalarni hal etish yuzasidan ishlar deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6