Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAMUNA MAHALLASIDA SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI VA YUKLATILGAN VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
NAYMAN MAHALLASDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
BERUNIY MAHALLASIDA JINOYATCHILIKNING BARVAQT OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
TUMANDAGI TASHKILOTLAR BILAN DOIMIY KOMISSIYA A'ZOLARI HAMKORLIGI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN MAKTABDAGI QURILISH JARAYONlLARI OʻRGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN MUSIQA VA SANʼAT MAKTABIDA OʻRGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
GʻALABA MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI OʻRGANILDI.
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALASI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
BERUNIY MAHALLASIDA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI.
Ulug‘ yo‘l mahallasida aholi bandligi va tomorqa sug‘orish tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Dilorom Xolmatova tomonidan shaharning Ulug‘ yo‘l mahallasida hokim yordamchisining faoliyati, aholi tomorqalardan foydalanish darajasi hamda tomorqa yerlarini oqar suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla aholisi tomorqalari va ularni sug‘orish uchun mavjud infratuzilma holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Kuzatuvlar davomida ayrim ko‘chalardagi ariqlarda suvning oqimi to‘xtab qolganligi, natijada suvlar ayrim joylarda to‘planib qolayotgani aniqlanib, bu esa tomorqalarga suv yetib bormasligiga hamda ayrim joylarda yo‘l va hududlarga toshib ketish holatlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Xususan, Navro‘z ko‘chasida joylashgan 5-son maktabgacha ta’lim muassasasi atrofidagi ariqlar hamda ushbu ko‘chadagi lotoklar holati misol sifatida ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ariqlarni tozalash hamda suv oqimini tiklash bo‘yicha tegishli deputatlik so`rovi yuborildi.

Slide 1 of 6