Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
DEPUTAT MAHALLADA

 DEPUTAT MAHALLADA 

  Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shamshiddin Abdurahimov tomonidan mahallalarda aholining muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish maqsadida o‘z hududidagi “Eski To‘da” va “Yangi To‘da” mahalla “ettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.  

  Uchrashuv davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda mahalla faollari ishtirok etdi.  

  Suhbat chog‘ida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ishsizlikni kamaytirish, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar muammolarini muhokama qilindi.  

  Shuningdek, mahalla hududidagi mavjud muammolar, jumladan, ichimlik suvi ta’minoti, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar yuzasidan taklif va mulohazalarbildirildi.  

  Deputat tomonidan bildirilgan takliflar va muammolarni o‘rganib chiqish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4