Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
янв.21
HUDUDLARNI OBODONLASHTIRISH VA INFRATUZILMANI YAXSHILASH UCHUN MABLAGʻ AJRATILDI
янв.21
YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGI YUZASIDAN OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
AHOLI ISTEʼMOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA TAʼMINOT HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Jalaquduq tumani Teshiktosh qishlog‘ida “Yoshlar kuni” tadbiri o‘tkazildi

               Yurtboshimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan Teshiktosh qishlog‘ida yoshlar bilan ishlash kuni doirasida keng qamrovli tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi, tuman Kengashi deputati H. Latipov, tuman prokurori R. Xalilov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik B.Shermatov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Sobirov hamda uyushmagan yoshlar faol qatnashdi. Mazkur tadbir doirasida ochiq muloqot tashkil etilib, ishsiz yoshlar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazildi. Shu bilan birga, ishsiz yoshlar uchun mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi, bunda yoshlar o‘zlariga mos ish o‘rinlari bilan tanishib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va ularning jamiyatdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar ushbu tashabbus yoshlar orasida ish bilan ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida muhim qadamlardan biri ekanligini ta’kidlashdi. Tadbir yakunida yoshlar murojaatlari ijrosi ham muhokama qilindi. Uchrashuv so‘ngida tuman hokimi tomonidan yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan mas’ul mutasaddilar bilan alohida muhokama o‘tkazildi. Har bir murojaatning mazmun-mohiyati atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni o‘z vaqtida va samarali hal etish, ijrosini ta’minlash hamda aniq natijadorlikka erishish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi. Ta’kidlanganidek, yoshlar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolariga yechim topish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bundan buyon ham ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi. 

   

Slide 1 of 8