Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
DEPUTAT NAZORATI, "TASHABBUSLI BYUDJET" VA RIVOJLANAYOTGAN INFRATUZILMA!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Gulnoz Xudaykulova 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugida keng qamrovli o‘rganish ishlarini olib bordi. Bu safargi nazorat tadbiri nafaqat muammolarni o‘rganish, balki “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi muhim yutuqlarni ham baholashga qaratildi.

✅ Deputat "Jo‘yjangal" MFYda "Mahalla yettiligi"ning ish faoliyati va aholi muammolarini hal etishdagi roli tahlil qilinib, deputatlik faoliyatining "24 ta eng muhim yo‘nalishi" asosida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. E’tiborlisi, mahalla hududida aholi dam olishi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi yangi, zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmuasining qurilish va ishga tushish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Bu esa hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

✅ Mahalla hududidagi 5-sonli umumta’lim maktabida o‘quv sharoitlari, qish mavsumiga tayyorgarlik va isitish tizimi holati ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, 2025-yilning ikkinchi mavsumida “Tashabbusli byudjet” jarayonida g‘olib bo‘lgan maktabga xarid qilingan zamonaviy kompyuter jamlanmalarining o‘rnatilishi va foydalanilishi o‘rganildi. Bu aholining faol tashabbusi va davlat ko‘magining ta’lim sifatiga qo‘shayotgan real hissasidir!

✅ Maktab hududida barpo etilgan zamonaviy sport maydonchasining texnik holati o‘rganildi. Ushbu maydoncha nafaqat maktab o‘quvchilari, balki mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun doimiy xizmat qilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📌 Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va hudud rivojini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 10