Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
“Zarobod” mahallasida dasturlar ijrosi deputatlik nazoratida

“Zarobod” mahallasida dasturlar ijrosi deputatlik nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni ta’minlash rejasi asosida hamda mahallalar infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashdagi ishlarni olib borilishida aholining ham tashabbuskorligini oshirish, unda mahalla nuroniylaridan targ‘ibot-tushuntirish ishlari orqali ko‘maklashishini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati A.Kenjayev “Zarobod” mahallasida bo‘ldi.

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati A.Kenjayev tomonidan mahalla hududida amalga oshirilayotgan dasturlar ijrosi yuzasidan mahalla nuroniylari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat jarayonida mavjud loyihalar, rejalashtirilayotgan tashabbuslar hamda ularning mahalla hayotiga ta’siri atroflicha muhokama qilindi.

 Muloqot davomida dasturlar samaradorligini oshirish, aholi manfaatdorligini kuchaytirish, muammolarni joyida hal etish bo‘yicha qator amaliy takliflar bildirildi. Ayrim masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv davomida tumanni ijtimoiy-itqtisodiy rivojlantirishga oid barcha loyihalar deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi bo‘yicha tizimli monitoring olib borilishi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4