Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Usmonali Aliqulov 2025-yilning 4-choragi bo‘yicha "Xursand" mahallasi saylochilariga axborot berdi.

🎤 Deputat hisobot davrida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining kundalik muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. 

🔅 Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar deputat tomonidan tinglanib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish zarurligi ta’kidlandi.

✍️ Deputat U.Aliqulov barcha murojaat va tashabbuslarni qonuniy tartibda o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini olib borishini ma’lum qildi.

✔️ Uchrashuv yakunida deputat saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqot olib borish, joylardagi muammolarni Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar orqali ko‘tarib chiqish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.