Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat so‘roviga amaliy javob berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Memorandum imzolandi.
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Taxiatosh tumani kanalizatsiya tarmoqlarini yangilash ishlariga start berildi

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni xalqimiz hayotida muhim o‘rin tutadigan voqealardan biri bo‘lgan yangi loyihaning boshlanishi munosabati bilan tabrikladi. 

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda hurmatli
Prezidentimiz rahbarligida yurtimizning barcha hududlari qatori Taxiatosh
tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu qatorda, bundan
qariyb 70 yil oldin qurilgan 90 barak uy buzilib, unda yashovchi fuqarolar
yangi turar-joylarga ko‘chirildi. Bundan tashqari, joriy yilda barcha davlat
dasturlari asosida 52 ta ijtimoiy va infratuzilma obyektlarida umumiy qiymati
316 mlrd. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borish belgilangan.
 

Mana shunday ezgu chora-tadbirlarning davomi sifatida
hurmatli Prezidentimizning topshirig‘i bilan qabul qilingan Vazirlar
Mahkamasining 486-sonli qarori asosida "Jahon bankining" 78 mln.
dollar mablag‘lari hisobidan Nukus shahri, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlarida
286 km kanalizatsiya tarmoqlari va obyektlarida qurilish ishlarini olib borish
ko‘zda tutilgan.
 

Bugun Taxiatosh tumani kanalizatsiya tizimini
yangilash maqsadida boshlanayotgan loyiha doirasida 77,5 km kanalizatsiya
tarmoqlari va 6 dona nasos stansiyasining qurilish ishlari olib borilishi
rejalashtirilgan. Ushbu loyihaning to‘liq yakunlanishi natijasida tuman
aholisining kanalizatsiya ta’minoti hozirgi 13 foizdan - 42 foizga yetkaziladi.
 

Shuningdek, kanalizatsiya tarmoqlaridan yig‘ilgan
suvlar qayta ishlash orqali texnik va xo‘jalik maqsadlarida foydalanish uchun
yaroqli suvga aylantiriladi va fuqarolarning tomorqa yerlariga yetkazib berish
yo‘lga qo‘yiladi.
 

Tantanali tadbirda
Taxiatosh tumani hokimi, Xalq
deputatlari Taxiatoshtumani
Kengashi deputatlari, nuroniylar, ziyolilar, soha mutaxassislari hamda
jamoatchilik vakillari ishtirok etib, loyiha aholi turmush farovonligini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
  

Slide 1 of 5