Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
Targ‘ibot tadbirlari

19-Mingchinor saylov okrugidan saylangan deputat Rahimova Gavhar Ismailovna o‘zining ko‘p yillik o‘qituvchilik tajribasidan samarali foydalangan holda Prezident murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qildi.

Targ‘ibot tadbirlari davomida Prezident murojaatnomasida ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan muhim yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuvlar chog‘ida o‘quvchi-yoshlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, Prezident murojaatnomasida belgilangan maqsad va vazifalarni chuqur anglashga xizmat qildi.

Slide 1 of 4