Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Murojaat ijobiy hal qilindi.
янв.21
Seminar ishtirokchilar Nurafshon shaharchasidagi aholi xonadonlarida ham bo‘lib, “Sayxunobod tajribasi” asosida shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida yerdan samarali foydalanish, qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil qilish orqali oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Seminar ishtirokchilari jasoratli va mehnatkash ayol — Shakarjon Xo’janiyozovaning uy muzeyini borib ko‘rdi
янв.21
Seminar ishtirokchilarining keying manzili Beruniy mahallasida joylashgan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Inflow” MCHJ hamda ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Kobotex” MCHJ korxonalari bo‘ldi.
янв.21
Davlatimiz rahbarining joriy yilning 1-2-may kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida Bog‘ot tumanini ayollar ishsizligidan xoli tumanga aylantirish, bu borada mahallabay yondashuvni joriy etish va samarali tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha bugun Bog‘ot tumanini xotin-qizlar ishsizligidan holi hududga aylantirish bo‘yicha Respublika seminari bo‘lib o‘tmoqda.
MUNOSABAT

    Jonajon yurtimiz hayotida o‘tgan hafta O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tarixiy tashrifi bilan yodda qoladi. Yangi O‘zbekiston ovozi jahon minbarida Prezidentmiz nafaqat yurtimiz, balki butun insoniyat taqdiri uchun dolzarb masalalarni ko‘targanligi bilan ahamiyatlidir. AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv O‘zbekiston-AQSh strategik sherikligini mustahkamlash uchun yangi istiqbollar ochdi, BMT Bosh Assambleyasi sessiyasidagi Prezidentimizning o'zbek tilidagi nutqida esa global muammolarni hal qilishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida yig‘ilish shiddat bilan o‘zgarayotgan murakkab global vaziyatda o‘tayotgani, bu esa Tashkilot faoliyati va uning kelajagiga yangicha yondashuvlar bilan qarashga chorlayotganini ta’kidladi. Hozirgi kunda dunyoda xalqaro institutlarning o‘rni va roli zaiflashmoqda, qarama-qarshilik, nizo va urushlar kuchaymoqda, texnologik va ijtimoiy tengsizlik keskin oshmoqda, iqtisodiy va gumanitar inqirozlar ortib bormoqda. Bularning hammasi mutlaqo yangi, xavotirli geosiyosiy voqelikni vujudga keltirmoqda.
Bu borada “BMT – 80” tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz, Kelajak uchun paktga qat’iy sodiqligimizni tasdiqlaymiz. Biz zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish va uning tarkibini kengaytirish tarafdorimiz - dedi Prezidentimiz.
Shuningdek, davlatimiz rahbari mamlakatimizdagi yangilanishlarga alohida to‘xtaldi. "Biz Barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang holda, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy Yangi O‘zbekistonni barpo etish siyosatini olib bormoqdamiz. Buning uchun ortga qaytmas islohotlarimizni izchil davom ettiryapmiz. Ustuvor maqsadimiz – mamlakatimizda yashayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan o‘zgartirish, inson qadri va farovonligini oshirishdir" - dedi davlatimiz rahbari. 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqartirishga erishilgani ta’kidlandi. Bunga, avvalo, ta’lim va ilm-fan sohasini o‘zgartirish, innovatsion tarmoqlar va texnologik sanoat korxonalarini barpo etish, “yashil” energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kichik biznesni har tomonlama rivojlantirish va natijada millionlab ish o‘rinlari yaratish orqali erishilmoqda. Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshgani, yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetgani qayd etildi. Eng asosiysi – o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz nutqini davom ettirar ekan, pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etdi. Shuningdek, ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida ekanligi, yoshlarimizning qalbi va ongiga tinchlik, gumanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat kabi olijanob g‘oyalarni singdirish dolzarb vazifamiz ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Bu borada “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifini ilgari suramiz” - dedi Prezidentimiz. Jahonning eng nufuzli xalqaro tashkiloti bo‘lgan BMT Bosh Assambleyasi 80 yubiley sessiyasidagi davlatimiz rahbarini ishtiroki, bildirgan muhim tashabbuslari va bir qator xorijiy davlatlarning rahbarlari bilan tarixiy uchrashuvlari yurtimiz istiqboli va kelajagi uchun xizmat qiladi.  

   Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati U.Abdunazarov