Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
MUNOSABAT

 Prezidentimizning o‘qituvchilar va murabbiylar bilan o‘tkazgan muloqotidagi so‘zlarida bir haqiqat bor edi. U ham bo‘lsa - har qanday islohot birinchi navbatda inson bilan, ayniqsa, ta’limdagi o‘zgarishlar - o‘qituvchi bilan boshlanadi. So‘nggi yillarda ta’limda katta o‘zgarishlar, yangi dasturlar, innovatsion texnologiyalar joriy etildi. Ammo bu islohotlarning markazida aynan pedagoglar turganida - ular hayotga tatbiq etiladi. Shu sababli, bo‘lib o‘tgan muloqotda Prezidentimiz islohotlar ildizini o‘qituvchining o‘zida, uning tayyorgarligi, salohiyati, hayotiy pozitsiyasida, deb ko‘rsatdi. 

Bu har birimiz uchun ikki tomonlama xulosa: birinchidan, biz endi tomoshabin emasmiz - faol ishtirokchimiz. Ikkinchidan, bizning fikrimiz, tajribamiz, hayotiy kuzatishlarimiz islohotlarga asos bo‘lishi mumkin. Shu sababli, endi har bir o‘qituvchi o‘z kasbining faqat ijrochisi emas, balki tashabbuskoriga aylanishi zarur. Maktabdagi har bir kichik o‘zgarish - katta o‘zgarishlarning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Said Donishev, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati

Slide 1 of 1