Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
Deputat II chorak bo‘yicha axborot berdi va mahalla faollari bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida deputat o‘zining 2025-yilning ikkinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan batafsil axborot berdi. Jumladan, saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tahlil qilinib, ularning aksariyati hal etilgani, ayrim masalalar esa nazoratga olingani ta’kidlandi.

 Shu bilan birga, joylardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish va mavjud muammolarni bartaraf etish uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Mahalla faollari bilan ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va murojaatlarini bildirishdi. Deputat ularning har birini diqqat bilan tinglab, mavjud muammolarni joyida hal etish yoki tegishli tashkilotlar bilan birgalikda yechim topish bo‘yicha vazifalar belgilab oldi.

Uchrashuv yakunida so‘z olgan mahalla oqsoqollari va nuroniylar deputatning olib borayotgan sa’y-harakatlarini yuksak baholab, xalq dardiga quloq tutayotgani, saylovchilar bilan doimiy aloqada bo‘layotgani uchun samimiy minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Ular, shuningdek, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xalq farovonligi yo‘lida qilinayotgan ishlarga duolar qilib, deputatga kuch-quvvat, bardavom faoliyat tilab qolishdi.

Slide 1 of 4