Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI TINCHLIK VA OSOYISHTALIK — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Aloqa va radio xodimlari kuni
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-33-62-12-170-K/26-sonli qarori
янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
Munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirishda muhim bosqich bo‘ldi. Yig‘ilishda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan katta o‘zgarishlar – maktab va bog‘chalar sonining ko‘payishi, yangi o‘rinlarning yaratilishi, pedagoglarning maoshi va malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ta’lim mazmunini modernizatsiya qilish, darsliklarni ilg‘or tajribaga moslashtirish va o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Bu yig‘ilishda pedagoglarning malakasini oshirish, ularni xalqaro standartlarga mos tarzda tayyorlash hamda o‘quv dasturlarini yangilash bo‘yicha aniq topshiriqlar berilgani e’tiborga molik. Shu bilan birga, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, laboratoriyalar va texnik bazani kuchaytirish, chekka hududlardagi maktablarni zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash masalalari ham ko‘tarildi.

Maktab ta’limi sifatini oshirish nafaqat o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, balki butun jamiyat taraqqiyoti uchun zamin yaratadi. Yig‘ilishda ilgari surilgan tashabbuslar mamlakat kelajagi uchun bilimli, tafakkuri keng va raqobatbardosh yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu bois, har bir pedagog, ota-ona va mahalliy rahbar ushbu islohotlarda faol ishtirok etib, ta’lim sifatini yaxshilashga hissa qo‘shishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Isakulov Abbos