Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY MUHIT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA QONUN IJROSI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI XAVFSIZLIK UCHUN ELEKTR USTUNINI KO‘CHIRISH MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLI MUAMMOLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
15-may – Xalqaro oila kuni bilan aziz yurtdoshlarimizni chin yurakdan muborakbod etamiz!
янв.21
BOG‘OT TUMANI BUDJET MABLAG‘LARI: QO‘SHIMCHA MANBALAR HISOBIDAN MUHIM YO‘NALISHLAR BELGILANDI
янв.21
QORABOG‘ MAHALLASIDA ICHIMLIK SUV QUVURI MUAMMOSI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI AMALIY YECHIMINI TOPDI
Prezident Shavkat Mirziyoev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazdi.

#Munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazdi.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning soha vakillari bilan muloqotlari barchamizning qalbimizdan chuqur joy oldi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, so‘nggi sakkiz yilda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar butun mamlakat taraqqiyotiga kuchli turtki berdi, ya’ni:

Ta’lim va ilm-fanga xarajatlar 6 barobar oshirildi;

Ta’lim va ilm-fanga 378 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi;

Yuzlab yangi maktab, bog‘cha va oliygohlar qurildi;

Ustoz va murabbiylar mehnat sharoiti va moddiy rag‘batlari yaxshilandi.

Bu natijalar — ta’limga berilayotgan yuksak e’tibor, ustozlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Farg‘ona tuman Kengashi deputati sifatida ayta olamizki, ustoz va murabbiylarimizning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni beqiyos. Chunki ularning mehnati orqali sog‘lom, bilimli va barkamol avlod tarbiyalanadi.

Davlatimiz rahbarining ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga qaratigan har bir sa’y-harakatlari — yurtimiz kelajagining mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilishiga va kelajakda ushbu sa’y-harakatlar o‘z mevasini berishiga chin dildan ishonaman.

Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Sizlarning fidoyiligingiz, farzandlarimizni sog‘lom va bilimli qilib tarbiyalashga qo‘shgan hissangiz — millat ravnaqi va kelajak kafolatidir.

Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – ustoz va murabbiylardir!

O‘zbekiston “Adolat” SDPdan Farg‘ona

tuman Kengashiga saylangan

deputat Ozodaxon Dadajonova 

Slide 1 of 1