Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
19-may — Xalqaro shifokorlar kuni
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DOLZARB VAZIFA
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
PIYODALAR XAVFSIZLIGI MASALASI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
AYOLLAR MANFAATI, BANDLIGI VA IJTIMOIY FAOLLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY MUHIT VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Munosabat

#Munosabat 

⁉️2025 yil 9 iyun kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun – yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning yangi bosqichi hisoblanadi.

⁉️Bu qonun, avvalo, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda belgilangan normalarni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi. Eng muhimi, fuqarolarimiz huquq va erkinliklarini himoya qilish, adolatli sud tizimini ta’minlash, inson manfaatlarini ustuvor qimmat sifatida qaror toptirishda muhim qadam bo‘ladi.

⁉️Sudlar faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, fuqarolarning sud orqali o‘z huquqini himoya qilishi uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratilishi – davlat va jamiyatning demokratik tamoyillarga sadoqatini yaqqol ifodalaydi.

⁉️Biz, xalq vakillari sifatida, mazkur qonunning amalda to‘liq ijro etilishi, uning aholi hayotida sezilarli samara berishi uchun qat’iy nazorat o‘rnatamiz. Chunki qonun qabul qilishning o‘zi yetarli emas, uning ijrosi orqali fuqarolarimizning hayotida ijobiy o‘zgarishlar ko‘rinishi eng asosiy maqsadimizdir.

Axmedov Shuhrat Murotovich-

xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati