Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#162_ta_qonun
#okrugda_o'rganish
#kuz-qish_mavsumi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 45-sonli umumta’lim maktabida sohaviy qonun va qarorlar ijrosi o‘rganildi

Bandixon tumanida umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarga sifatli bilim berish sharoitlarini yaxshilash hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 11-“Bag'rikeng” saylov okrugi deputati J.Abdinazarov tumandagi 45-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, nazorat-tahlil ishlarini o‘tkazdi.

✅O‘rganish maxsus ishlab chiqilgan sohaviy savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘RQ–637), “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi (O‘RQ–901), “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi (O‘RQ–595) qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori talablari ijrosi doirasida tashkil etildi.

✅Monitoring jarayonida dars mashg‘ulotlarining metodik ta’minoti, o‘qituvchilarning kasbiy huquq va kafolatlariga rioya etilishi, maktabning moddiy-texnik bazasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda ota-onalar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

✅Tashrif yakunida ta’lim samaradorligini oshirish va aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha ta’lim muassasasi ma’muriyatiga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 1