Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
.OILAVIY-MAISHIY ZO‘RAVONLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

OILAVIY-MAISHIY ZO‘RAVONLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida 2026-yilning uchinchi choragida oilaviy-maishiy zo‘ravonlik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Namangan shahar prokuraturasi axborotida hisobot davrida oilaviy-maishiy zo‘ravonlik holatlari 50 foizga kamaygani qayd etilgan. 

Shu bilan birga, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xavf omillarini aniqlash va profilaktik ishlarni manzilli tashkil etish zarurligi ta’kidlangan.

Muhokama davomida nizoli vaziyatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, profilaktika subyektlari hamkorligini kuchaytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan tizimli ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mavzuga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni o‘rganildi. 

Qonunda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, jabrlanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq huquqiy asoslar belgilangan.

Mazkur masala deputatlik faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida fuqarolarning muammolarini aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish vazifalari bilan bog‘liq.

Yig‘ilish yakunida oilaviy-maishiy zo‘ravonlikning barvaqt oldini olish, fuqarolar bilan manzilli ishlash va mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3