Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_nazorati_Uchtepa

393-DMTTDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "1-Degrez" saylov okrugi deputati Ulug‘bek Begjanov o‘z saylov okrugi hududidagi Degrez mahallasida joylashgan 393-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

📁 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi asosida amalga oshirilib, unda kuz-qish mavsumida muassasaning barqaror faoliyat yuritishi, xususan, isitish tizimining holati va qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari alohida e’tiborga olindi.

🕯 O‘rganish davomida muassasadagi isitish tizimi, autsorsing xizmatlari, yong‘in xavfsizligi talablari hamda hududni o‘rab turgan devorlarning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasa rahbari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

📈 Mazkur o'rganishda muassasaning oqova suv tizimida muammo mavjudligi aniqlandi. Ushbu masala yuzasidan deputat tomonidan muammoni kelgusi yilgi rejaga kiritish va uni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalasi nazoratga olindi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Uchtepa tumani Kengashi raisi Sevara Azimova ishtirok etdi.

🧠 Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarligini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali bolalar uchun xavfsiz hamda qulay sharoit yaratishdan iborat.

Slide 1 of 5