Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
“Sobir Abdulla” mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga “Saodat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan saylov okrugi tarkibidagi “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim Z.Dadaqodirova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida mahallada 76 ta oila ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Shuningdek, mahallada jami 174 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. Ularning 22 nafari I guruh, 132 nafari II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, 15 nafari esa bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslardir.

Nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kundalik hayotini yengillashtirish maqsadida joriy yil davomida zarur reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash ishlari ham amalga oshirilgan. Jumladan, fuqarolarga 3 ta qo‘ltiqtayoq, 4 ta nogironlik aravachasi, 2 ta korset, 1 ta maxsus matras, 1 ta son protezi va 1 ta funksional arava berilgan.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni zarur reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, qonun ijrosini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish, fuqarolarning ehtiyojlarini o‘z vaqtida o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3