Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
“Yashil” texnologiyalar — ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish omili

🔰#munosabat

“Yashil” texnologiyalar — ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish omili

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy etish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilayotgani qishloq xo‘jaligini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
🏦Deputat sifatida ta’kidlash joizki, issiqxonalarda energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish hamda suv resurslarini oqilona boshqarish nafaqat ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, balki atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga ham xizmat qiladi.
🏦Ayniqsa, issiqxonalarda ekologik me’yorlarga rioya etilishi, zamonaviy va tejamkor uskunalardan foydalanish hamda chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim.
🏦Ishonchim komilki, “yashil” texnologiyalarni keng joriy etish orqali iqtisodiy samaradorlik va ekologik xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash mumkin. Bu borada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Behzod Dilliyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt