Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

 Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Pardayev tomonidan Pastdarg‘om tuman IIB Qo‘riqlash bo‘limi faoliyati bilan tanishish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallalarda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida hududdagi dolzarb masalalarni hamkorlikda hal etish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Mazkur hamkorlik fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va hududlarda xavfsiz muhitni yaratishga xizmat qiladi.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️