Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
5-BAND IJROSI:Xonchorbog‘ mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

 5-BAND IJROSI:Xonchorbog‘ mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Xonchorbog‘ mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida Xonchorbog‘ MFY ijtimoiy xodimi Yangiboyev Darxonning faoliyati, shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi.
📊 O‘rganish natijalariga ko‘ra, mahalladagi tegishli reyestrda jami 41 nafar fuqaro, shundan 18 ta kambag‘al oila, 20 ta davlat ta’minotidagi oila hamda 2 ta kambag‘allik chegarasidagi oila mavjudligi qayd etildi.
🤝 O‘rganish jarayonida ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularni mavjud imkoniyatlardan foydalanishga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ishlarning samaradorligini oshirish hamda fuqarolar muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettiriladi.