Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
1-BAND IJROSI:Navro‘z mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi

 1-BAND IJROSI:Navro‘z mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan “Deputat daftari” doirasida Navro‘z mahallasi yoshlar yetakchisi Shaxzod Maxmarayimovning yoshlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi.

📌 Bugungi kunda mahallada 1 200 nafardan ortiq yoshlar istiqomat qilmoqda.

O‘rganish davomida:
💎 7 nafar yosh ijtimoiy reyestrga kiritilgani;
💎 10 nafar yosh savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida o‘z biznesini boshlagani;
💎 12 nafar yoshga imtiyozli kredit olishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani;
💎 112 nafar yoshga daromad topish maqsadida yer maydonlari ajratilgani;
💎 115 nafar yosh oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgani qayd etildi.

🌐 Shuningdek, xorijda bo‘lib, kam daromad topayotgan yoshlar bilan muntazam aloqalar o‘rnatilib, ularni Vatanga qaytarish va ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

🏭 Mahallada istiqomat qilayotgan 80 nafardan ortiq yoshga Samarqand shahridagi ishlab chiqarish korxonalarida ishlash imkoniyati yaratilgani ham ta’kidlandi.

✅ Asosiy maqsad — yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish hamda har bir yosh bilan manzilli ishlashni kuchaytirish.