Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Yuqoriovul mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Yuqoriovul mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

♻️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati K.Djumanazarova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov, tuman Yoshlar ishlari agentligi bosh mutaxassisi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi xodimi hamkorligida Yuqoriovul mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

♻️Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3