Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIK — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH OMILI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov tomonidan Do‘stlik mahallasida mahalla yettiligi bilan ishlash jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashib, ularning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari, aholi bilan muloqot qilish jarayoni hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, ishsiz fuqarolar, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, aholini bandlikka yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada mavjud muammolarni faqat murojaat asosida emas, balki xonadonbay o‘rganish orqali oldindan aniqlash, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va ularning ijrosini nazorat qilish muhimligi ta’kidlandi.

Mahalla yettiligi a’zolari bilan muloqot davomida hududdagi dolzarb masalalar, aholining taklif va murojaatlari, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Deputat V.Xasanov tomonidan mahalla yettiligi faoliyatida har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natijaga erishish, aholi bilan muntazam muloqot qilish va fuqarolarning murojaatlariga befarq bo‘lmaslik zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi va deputat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, hududdagi muammolarni birgalikda o‘rganish va ularni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2