Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI

SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI

Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining VII chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni qabul qilinadigan qarorlarda aks ettirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu yo‘nalishda Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi raisi
I. Saidov tomonidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri Olimjon Mamashukurovga tegishli taklif va topshiriqlar berildi.

Jumladan, deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni sessiya qarorlarida belgilangan tartibda aks ettirish, aholi murojaatlari yuzasidan qabul qilingan qarorlar ijrosini tizimli o‘rganish hamda ushbu jarayonda deputatlar va tuman hokimligi vakillari ishtirokida ishchi guruh tuzib, joylarda o‘rganishlar olib borish taklif etildi.

Mazkur chora-tadbirlar sessiya qarorlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan.

Asosiy maqsad — qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish va aholi murojaatlariga amaliy yechim topishdir.

✍️Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi Matbuot xizmati