Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov hamda tuman Kengashi deputati G.Raimova tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiobod tuman bo‘linmasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida markaz tomonidan tumanda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy qadriyatlar va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari, mahallalar va turli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, uchrashuvlar hamda ma’naviy-ma’rifiy loyihalarning samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini yanada oshirish hamda aholi, xususan, yoshlar bilan ishlashning zamonaviy usullaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, targ‘ibot ishlarini hududlarda manzilli tashkil etish va aholining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1